O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, fidokorona mehnati hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi muno
2026-03-03 20:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, fidokorona mehnati hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi munosib hissasi e’tirof etildi.
Mazkur Farmonga asosan, turli sohalarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent viloyatining ham bir guruh xotin-qizlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
«Do‘stlik» ordeni bilan
Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna - Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i,
«Shuhrat» medali bilan
Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi - Zangiota tumani «Farobiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi,
Xunarova Malaxat Xaydarovna - Angren shahridagi «Oydin central service» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,
Ergasheva Shaxnoza Agzamovna - Qibray tumanidagi «Po‘lat qadam» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli
