Ijro intizomi va ustuvor vazifalar tanqidiy tahlil qilindi
2026-02-23 19:35:00 / Yangiliklar

Ijro intizomi va ustuvor vazifalar tanqidiy tahlil qilindi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov hamda tuman rahbarlari ishtirokida oʼtkazilgan yigʼilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, berilgan topshiriqlar ijrosi va umumiy ijro intizomi atroflicha tanqidiy muhokama qilindi.
Yigʼilishda ayrim tashkilot va mutasaddilar tomonidan murojaatlarni koʼrib chiqishda sustkashlikka yoʼl qoʼyilayotgani, ayrim topshiriqlar belgilangan muddatlarda bajarilmayotgani keskin tanqid qilindi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani alohida taʼkidlanib, masʼullarga shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasining navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham tahlil qilindi. Koʼchat yetishtirish, yer maydonlarini aniqlash va agrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida tashkil etish boʼyicha mavjud kamchiliklar koʼrsatib oʼtildi hamda aniq vazifalar belgilab berildi.
Аholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish ishlarining sifatli va shaffof oʼtkazilishi, maʼlumotlarning aniqligi va toʼliqligini taʼminlash masalasi ham kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri boʼldi. Bu borada masʼullarga ishni tizimli tashkil etish, nazoratni kuchaytirish va har bir jarayonni qonunchilik talablari asosida amalga oshirish yuzasidan qatʼiy koʼrsatmalar berildi.
Yigʼilish yakunida kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash, korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik va har bir vazifani oʼz vaqtida bajarish boʼyicha masʼullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.









