Tumanda xavfsiz muhitni shakllantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-17 18:10:00 / Yangiliklar

Tumanda xavfsiz muhitni shakllantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent davlat agrar universitetida xavfsiz muhitni shakllantirishga bag‘ishlab o'tkazilgan uchrashuvda, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, hamda joylarda profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilab berilgan muhim vazifalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berdi.
Tadbir davomida Qibray tumani hokimi M.Rashidov, Nuroniy jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari A.Nosirov hamda O‘zbekiston Xalq artisti Yo.Sa’diyev so‘zga chiqib, yurtimizda xavfsiz muhitni shakllantirish va yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, ular mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlash zarurligini ta’kidlab, bu borada yoshlar bilan manzilli ishlash masalalari yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida tumandagi mahallalarda namunali xizmat olib borayotgan bir guruh profilaktika inspektorlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda ichki ishlar faxriylari, talaba-yoshlar va tegishli soha mas'ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.









