“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-03-16 10:30:00 / Yangiliklar

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga ko'ra tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning tuman bosqichi Qibray tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman maktablarining 7–9-sinflarida tahsil olayotgan 206 nafar bilimdon va iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori asosida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.Tanlov jarayonida o‘quvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasi shaffoflik va adolat mezonlari asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar joriy yilning hududiy (ikkinchi) bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.





