Qibrayda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
2026-02-16 17:15:00 / Yangiliklar

Qibray tumani Botanika mahallasida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi S.Sulaymonov va tuman hokimi M.Rashidov hamda viloyat Soliq boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Prezidentning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, kredit va moliyaviy ko‘mak mexanizmlari, soliq yukini kamaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu kabi ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga amaliy yechim topsh uchun yo’l xaritasi ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tadbir so'ngida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 3 nafar yoshga kasbga o'qish uchun vaucherlar topshirildi.









