Mahallalardagi muammolar va ustuvor vazifalar tanqidiy muhokama qilindi
2026-02-14 17:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida tuman rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, aholi bilan ishlash jarayonlari hamda mahallalarda uchrayotgan muammolar yuzasidan tahliliy muhokama qilindi.
Xususan, mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini tizimli o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasida ayrim kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Mas’ullarga aholi bilan muloqotni kuchaytirish, joylardagi ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig'ilishda mahallalarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi ham muhokama qilindi. Ayrim mahallalarda mazkur jarayon sust tashkil etilayotgani statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida mahalla tizimida mas’uliyatni oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.








