Mahalladagi kommunal va boshqa sohalardagi muammolar oʼrganildi
2026-02-12 20:05:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi Muzaffar Rashidovning topshirigʼiga asosan Uzumzor mahallasida kommunal va ijtimoiy sohalarga oid mavjud muammolar tuman hokimi oʼrinbosari boshchiligida soha mutasaddilari bilan birgalikda o'rganildi.

Oʼrganish davomida mahalladagi elektr taʼminoti, ichimlik suvi, yoʼl infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda aholini qiynayotgan boshqa masalalar joyiga chiqqan holda koʼzdan kechirildi.
Аniqlangan muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mahalladagi infratuzilmani yaxshilash boʼyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.