Tumanda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi
2026-02-12 12:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov tumandagi fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbarlari bilan mavsumiy agrotexnik tadbirlarning borishi hamda mavjud muammolarni tanqidiy muhokama qildi.
Yig‘ilish davomida hududlarda sug‘orish tizimlarini yaxshilash, xususan, ariq va zovurlarni betonlashtirish orqali suvdan oqilona va tejamkor uskunalardan foydalanish, dala chetlariga himoya daraxt ko‘chatlarini ekish, yer resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlar hamda 2026-yil pilla mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, tutzorlarni parvarishlash kabi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida tashkiliy masala ko'rildi.Qibray tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Latipov Shoxizamon tayinlandi.






