Mahallada uch avlodni birlashtirgan ma’naviy tadbir o'tkazildi
2026-02-10 12:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumanidagi Istiqbol mahallasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda mahallalarda istiqomat qilayotgan, uzoq yillar ijtimoiy sohalarda samarali faoliyat yuritgan faxriylar, ibratli oilalar, nuroniy otaxon-onaxonlar, shuningdek, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirok etdi.
Avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni milliy va oilaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni yanada rivojlantirish maqsadida o'tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda qo‘sha-qarib, ahil va totuv hayot kechirayotgan keksalar qatorida o‘rta va yosh avlod oilalarining ham mustahkam oila qurish, farzand tarbiyasi, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida yashash borasidagi hayotiy tajribalari hamda baxtli hayot sirlari haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.








