Tuman hokimi davlat xizmatchilari faoliyatida intizom masalalariga alohida e’tibor qaratdi
2026-02-06 19:25:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov rahbarligida tumanda ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, davlat xizmatchilari o‘rtasida xizmat intizomi, odob-ahloq me’yorlariga qat’iy rioya etish, shuningdek, kiyinish madaniyati va yurish-turish qoidalariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda davlat xizmatchisi nafaqat o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishi, balki jamiyatda namuna bo‘ladigan yuksak ma’naviy fazilatlar sohibi bo‘lishi zarurligi xususan, xizmat jarayonida fuqarolar bilan muomala madaniyati, mas’uliyat va halollik tamoyillariga amal qilish davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashda muhim omil ekani qayd etildi.
Tuman rahbari tomonidan davlat xizmatchilari tashqi ko‘rinishi va xizmat odobi davlat boshqaruvi madaniyatining ajralmas qismi ekani, har bir xodim o‘z faoliyati orqali davlat organlari nufuzini yuksaltirishga hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ish joylarida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, jamoada o‘zaro hurmat va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda bu borada tizimli nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.


