Tuman hokimi yoshlarning murojaat va takliflarini tingladi
2026-02-04 09:40:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov bir guruh yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflari yuzasidan ochiq va samimiy muloqot qildi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar, jumladan bandlik, ta’lim, kasbga o'rgatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, mas’ullar tomonidan har bir murojaat bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.






