Tumanda “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari o'tkazilmoqda
2026-02-03 15:05:00 / Yangiliklar

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yil 27 yanvar kuni oʼtkazilgan yigʼilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Qibray tumanida Ichki ishlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar doirasida tuman IIB boshlig‘i J.Tilyabayev hamda tuman prokurori S.Arshidinov tomonidan tungi tadbirlar oldidan yo‘riqnomalar berilib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda.
Shuningdek, xodimlar tomonidan aholi gavjum ko‘chalar va jamoat joylarida fuqarolar hamda haydovchilar o‘rtasida kiberjinoyatchilik, mulkiy jinoyatlar, firibgarlik, tan jarohati yetkazish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomilasining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, fuqarolarga jinoyatlar profilaktikasi yuzasidan tayyorlangan flayer va bukletlar tarqatilmoqda.









