Hurmatli Qibray tumani aholisi!
2026-02-02 21:10:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hududida jinoyatchilik holati tahlil qilindi. 2026 yil yanvar oyida sodir etilgan jinoyatlar quyidagicha qayd etildi:
Tahlillar shuni koʼrsatmoqdaki, jinoyatlarning asosiy qismi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan holatlar, oʼgʼirlik va firibgarlik holatlaridir.
Shuningdek, shaxsga qarshi va giyohvandlik bilan bogʼliq jinoyatlar ham mavjud. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongi va ogohligini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligini koʼrsatadi.
Prokuratura organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda har bir jinoyat yuzasidan qonuniy choralar koʼrilmoqda. Jinoyatlarni oldini olish va ularning sabablarini bartaraf etish boʼyicha profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda, shu sababli barchangizni qonunga rioya qilishga, axborot texnologiyalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga va shubhali holatlar haqida tegishli organlarga xabar berishga chaqirman.
Shu oʼrinda barcha fuqarolarga murojaat qilaman: qonunga hurmat, beparvolikka yoʼl qoʼymaslik va jinoyatga nisbatan murosasizlik — jamiyat xavfsizligining asosiy kafolatidir.
Prokuratura organlari xalq bilan ochiq muloqot qilishga doim tayyor. Sizning murojaat va takliflaringiz jinoyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun ustuvorligi va jamoat xavfsizligi — barchamizning umumiy vazifamizdir, birgalikda harakat qilsak, Qibray tumanini yanada tinch va xavfsiz hududga aylantiramiz.
Qibray tumani prokurori S.X.Аrshidinov
