Murojaati
2025-10-24 17:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Qibray tumani hokimining “2023 -2025 - yillarda tumanni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan murojaati” tinglanmoqda.

Qibray tumani hokimining “2023 -2025 - yillarda tumanni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan murojaati” tinglanmoqda.
Shuningdek, mahalla yettiligi va korxona-tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar aniq tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilinmoqda.
mahallalarda kommunal sohalardagi muammolar, yo’l ta’miri, tozalik va ozodalikni saqlash va aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasidagi ishlar ham qoniqarsiz ekanligi tanqid qilinib, sohaga mas’ul bo’lgan mutasaddilarga qat’iy ogohlantirish berilgan bo’lsa, ayrim mas’ullarga hayfsan intizomiy jazo choralarini ko’rish taklifi berildi.
Aholi murojaatlari sohasida ham ishlar tahlil qilinganda, ko’plab murojaatlar ijrosini o’z vaqtida ta’minlash, shuningdek, murojaatlarni atroflicha joylarga chiqqan holda o’rganish borasidagi ishlar ham ayrim rahbarlar tomonidan o’z holiga tashlab qo’yilgani yoki murojaatlar ijrosi fuqarolar ishtirokisiz o’rganilib, raqamlarda bajarilganligi qayd etilganligi va buning natijasida aholining haqli e’tirozlari soni ortganligi sohalar kesimida tahlil qilindi.
