Telegram ijtimoiy tarmogʼi orqali berilgan tanqidiy videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz
2026-01-19 12:00:00 / Rasmiy Munosabat

Mazkur videolavhada namoyish etilgan, Qibray tumani Sharq mahallasi Bodomzor koʼchasida yashovchi fuqarolarning tashabbusi bilan ichimlik suvi quvurlarini yangilash maqsadida hashar uyushtirilib, 400 metrga yaqin masofada D-76 mm suv quvurlari yangilangan boʼlib, mazkur ishlar natijasida Bodomzor koʼchasi taʼmirtalab holatga kelib qolgan.
Joriy yilda, tumanning ogʼir hududlaridan biri boʼlgan Sharq mahallasi infratuzilmasi (gaz, elektr, ichimlik suvi, ichki yoʼllar)ni yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish hamda turmush tarzini yaxshilash maqsadida respublika byudjetidan mablagʼ ajratish koʼzda tutilgan boʼlib, mazkur mablagʼlar evaziga mahallaning koʼplab sohalardagi muammolarini hal etish rejalashtirilganligini, joriy yilning 14-yanvar kuni Qibray tumani hokimining Sharq mahalla aholisi bilan oʼtkazgan uchrashuvida ham aholi vakillariga bu haqida batafsil maʼlumot berib oʼtilganligini maʼlum qilamiz.
