Tuman hokimi xorijiy investorlar bilan yangi loyihalarni muhokama qilindi
2026-01-22 18:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Turkiya Respublikasining “EUReflect” kompaniyasi rahbari Dr. Ismail Polat bilan o‘zaro hamkorlik rejalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida turkiyalik sarmoyador tomonidan tumanda zamonaviy tibbiyot maskanini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflar bildirildi.
Shu o‘rinda, tuman hokimi bildirilgan takliflar uchun minnatdorchilik bildirib, mazkur loyiha aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidlab, kelgusida mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tuman imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.


