Qibray tumani Yoshlar ishlari bo'limi
2026-01-07 12:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlarni ma’nan yetuk, vatanparvar va faol fuqarolar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Bugungi kunda tumanimizda
📊 176 522 nafar aholi,
shundan 40 521 nafari (22,9%) 14–30 yoshdagi yoshlardir.
“Yoshlar balansi” — aniq tahlil va manzilli yondashuv:
Yil boshida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 40 521 nafar yosh:
🟢 28 339 nafari — “yashil”
🟡 8 533 nafari — “sariq”
🔴 633 nafari — “qizil”
toifalarga ajratilib, “Yoshlar balansi” axborot tizimiga kiritildi.
Bu tizim yoshlar bilan individual ishlash samaradorligini oshirmoqda.
Otaliqqa olish — yoshlar taqdiriga befarq emasmiz:
Tarbiyasi og‘ir va ijtimoiy himoyaga muhtoj 212 nafar yosh mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirildi.
Jumladan:
- Mudofaa tizimi — 130 nafar
- Milliy gvardiya — 50 nafar
- IIB, FVB, Prokuratura va Adliya bo‘limlari — 32 nafar
👉 Maqsad — yoshlarning muammolarini joyida hal etish va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish.
Yoshlar bandligi — ustuvor vazifa:
“Bandlik dasturi” doirasida rejalashtirilgan 1 477 nafar o‘rniga
✅ 2 112 nafar yoshning bandligi ta’minlandi (143%).
“Og‘ir” toifadagi 421 nafar yoshning barchasida muammolar aniqlanib, 100 foiz ijobiy yechim topildi.
421 nafar yosh — 421 ta yechim:
“Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan olib borilgan ishlar natijasida:
- 159 nafari ishga joylashtirildi
- 208 nafari o‘zini o‘zi band qildi
- 49 nafari ta’limga jalb etildi
- 3 nafari kredit oldi
- 2 nafari harbiy xizmatga yuborildi
👉 Bugungi kunda ushbu yoshlarning muammolari to‘liq bartaraf etildi.
Bitiruvchilar bandligi — kelajakka mustahkam qadam:
1355 nafar bitiruvchi “Bitiruvchilar bandligi dasturi”ga qamrab olinib,
📌 1315 nafari (97%) ish bilan ta’minlandi.
Qolgan yoshlar bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritalar asosida ishlar davom etmoqda.
Xorijdagi vatandosh yoshlar e’tiborda:
Hozirda 174 nafar yosh xorijda istiqomat qilmoqda.
186 nafar yosh esa xorijdan qaytib kelgan.
Ulardan:
- 120 nafari ish bilan ta’minlandi
- 6 nafari oliy ta’limga qabul qilindi
Migratsiyadagi yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar va individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
“Obod va xavfsiz mahalla” — yoshlar ishonchi:
mydevs.uz orqali kelib tushgan 595 ta murojaatdan
✅ 535 tasi ijobiy hal etildi.
Shuningdek, Edoijro.uz platformasiga
📂 6 395 ta ma’lumot joylashtirildi.
Yoshlar uchun yer — imkoniyat va mas’uliyat:
PQ–153 qarori asosida tumanimizda
🌱 255 gektar yer maydoni auksionga chiqarildi.
Natijada:
- 134 nafar yosh yer egasiga aylandi
- Reja 120 foizga bajarildi
Bu — yosh tadbirkorlar va fermerlar uchun muhim imkoniyat.
Mahallalarda ochiq muloqotlar:
Mahallalar va “Zoom” platformasi orqali o‘tkazilgan uchrashuvlarda
👥 1 251 nafar yosh ishtirok etdi.
Yoshlar muammolari o‘rganilib, manzilli chora-tadbirlar rejasiga kiritildi.
“Yoshlar daftari” — real yordam:
2025-yilda “Yoshlar daftari” orqali
💰 1 mlrd 467 mln so‘m mablag‘ hisobidan 99 nafar yoshga yordam ko‘rsatildi.
Yordamlar ta’lim, davolanish, asbob-uskuna, kontrakt va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Bo‘sh vaqt — mazmunli va foydali:
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida
🏃♂️♟️🎨🎮 35 mingdan ortiq yosh sport, madaniyat va intellektual tadbirlarga jalb etildi.
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida esa
📌 17 mingdan ortiq yosh qamrab olindi.
“Tashabbusli budjet” — yoshlar tashabbusi g‘alabasi:
Yoshlar tashabbusi bilan
🏆 6 ta loyiha g‘olib bo‘lib,
💰 8 mlrd 225 mln so‘m mablag‘ jalb etildi.
Bu loyihalar mahallalarda sport va infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
