Asosiy kontentga o'tish

Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori Qashqadaryo misolida

2024-12-24 15:25:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga berilayotgan e’tibor va ulkan imkoniyatlar esa ushbu siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, yosh avlodning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoitlar yaratmoqda.

Davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan e’tibori sifatida shuni aytish joizki, o'tib borayotgan 2024-yil davomida Qashqadaryoda ham chinakam yoshlar yili bo‘ldi.

Viloyatimizda ilk bor viloyat hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” musobaqasi o‘tkazildi. 2023-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “viloyat hokimi stipendiyasi” joriy qilingan bo‘lsa, viloyat rahbari Murotjon Azimovning yoshlar bilan muloqoti chog‘ida ularning takliflariga ko‘ra, ushbu stipendiya maktab o‘quvchilari (https://t.me/qvh_axboroti/19706) uchun ham berilishi ma’lum qilindi. Va mazkur stipendiyaning ilk sohiblari ham aniqlandi. Muloqotda yoshlar takliflari qo‘llab-quvvatlanib, viloyat hokimi sovrini uchun “Ibrat farzandlari” olimpiadasi, “Shaxmat turniri” o‘tkazildi.

Qarshi davlat universitetiga imtihonsiz qabul imkoniyatini beradigan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” o‘z bilimi, mahorati va intellektual qobiliyatini isbotlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun ulkan imkoniyatdir. Shuningdek, joriy yilda viloyat hokimi sovrini uchun kibersport musobaqalari hamda “Istiqbolli IT-loyihalar”(Ideathon) ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

101

Oxirgi yangilanish: 2024-12-25 20:02:05