Bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi o‘tkazildi
2024-11-06 18:00:00 / Yangiliklar
Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi O‘rol Ostonovning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezidentimiz tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga Murotjon Azimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi qarori bilan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodi Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.