Tumanda "Do‘stlik" festivali tashkil etildi.
2025-07-29 09:10:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumani Madaniyat saroyida "30-iyul - Xalqaro do‘stlik kuni"ga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida keng tarzda ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, shu kuni "Do‘stlik ohanglari" nomli konsert dasturlari, hunarmandchilik va tasviriy san’at hamda kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari barchaga zavq bag‘ishladi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



