"Gender tenglik faoli" milliy ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
2025-07-28 17:25:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumani xotin-qizlar bo‘limi tomonidan, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har tomonlama ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarni keng tarzda targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida tanlov bo‘lib o‘tdi.
Unda, tuman hududidagi muassasalardan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tanlovda ishtirokchilardan tanlov shartlariga muvofiq savol-javoblar olindi va ularning tayyorlagan taqdimotlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.
Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, bo‘lim tomonidan "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi

