MADANIYAT KARVONI - QORAO‘ZAKDA.
2025-07-12 09:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-406-sonli qaroriga asosan, mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli "Madaniyat karvoni" tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbir Qorao‘zak tumani markazidagi istirohat bog‘ida bo‘lib, unda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ansambli xonandalari ijrosida teatrlashtirilgan konsert dasturlari jonli ovozda ijro etilib, unutilmas sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.O‘tkazilgan ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlar barchaga zavq bag‘ishladi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



