24 sotixdan 20 mln. so‘m daromad.
2025-07-09 09:50:00 / Yangiliklar

️Utenovlar oilasi Qorao‘zak tumani S. Kamalov mahallasining namunali oilalaridan biri hisoblanadi.
Oila a’zolari tomorqaning foydasini amalda sinab ko‘rib, uning har bir qarich yeridan unumli foydalanadi.
- 24 sotixlik tomorqamizda ro‘zg‘orga kerakli barcha mahsulotlarni ekkanmiz.
Bozordan hech narsa sotib olmaymiz.
Yiliga 15-20 mln so‘m daromad olib, shu daromad orqali farzandlarimni oliy ma’lumotli qildim va avtomashina oldim, - deydi oila boshlig‘i Utenov Ixlosboy aka.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati



