Qorao‘zak tumani prokurori Aberkulov Baxtiyor Shuxratovichning xalqqa murojaati.
2025-07-08 18:35:00 / Yangiliklar

Assalauma aleykum hurmatli Qorao'zak tumani aholisi!
Muhtaram prezidentimiz tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida yaratib berilgan tizim asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Aholini bugungi kunda yashash turmush tarzi yaxshilanib, avtotransport vositalaridan foydalanish ehtiyoji kundan kunga oshib bormoqda.
Shu sababli, yo'l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta'minlash borasida zamonaviy tezlikni o'lchovchi fotoradarlar, haydovchini hushyorligini oshiruvchi mayoqchalar, yo'l belgilari hamda ogohlikka chaqiruvchi bannerlar o'rnatilgan bo'lishiga qaramasdan, haydovchilarning yo'l harakati qoidalariga amalga qilmayotganligi oqibatida odam o'limi va tan jarohati bilan bog'liq yo'l transport hodisalari sodir bo'layotganligi barchamizni ogohlikka chaqirishi lozim.
Misol tariqasida tuman xududida joriy yilning o'tgan davri mobaynida odam o'limi bilan bog'liq 3 ta va tan jarohat bilan bog'liq 1 ta yo'l transport hodisalari sodir etilgan.
Mazkur yo'l transport hodisalar tahlil qilinganda, 3 tasi avtomashinalar o'rtasida, 1 tasi bir avtomashinaning o'zibilan sodir bo'lgan.
Yo'l transport hodisalarining, 3 tasi Qoybaq OFY xududidan utuvchi A-380 «Guzar-Buxora-Nukus-Beneu» xalqaro axamiyodiga ega avtomobil yo'lida, 1 tasi Qorao'zak tumani xududidan o'tuvchi
D-234 «Chimboy-Taxtako'prik» davlat axamiyotiga ega avtomobil yo'lida sodir etilgan.
Shuningdek, asosan avtomobil` yo'llarida barchasi kunduzgi vaqtda ya'ni 08:00 dan 17:00 ga qadar sodir bo'lgan.
Tahlililarga ko'ra, jinoyat sodir etgan haydovchilarning 1 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Qorao'zak tumani, 1 nafari Beruniy tumani va 1 nafari Nukus shaxri haydovchilari tomonidan sodir etilgan.
Barcha fuqarolardan hamda yo'l harakati qatnashchilaridan yo'l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishingizni, haydovchilarni tezlikni belgilangan me'yordan oshirmasliklarini, transport vositalarini mast holda boshqarmasliklarini, yo'lovchilarning tinch va osoyishta manzillariga olib borishda mas'uliyatni his qilib, hushyor holatda avtotransport vositalarini boshqarishlarini hamda o'z navbatida yo'lovchilarning ham haydovchilarni yo'l harakati qoidasiga rioya qilishlariga munosabat bildirib borishlarini so'rayman.
Barchamiz jinoyatdan holi Yangi O'zbekiston uchun birlashaylik!
E'tiboringiz uchun rahmat!
