Nuroniylar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.
2025-07-08 17:55:00 / Yangiliklar

️Bugun "Nuroniy" jamg‘armasi Qorao‘zak tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabr kungi PQ-405-sonli qarori asosida mahallalarda sog‘lom turmush tarzini joriy etish yo‘nalishida "G‘ayratli keksalar" shiori ostida keksalarning sog‘lig‘iga e’tibor qaratish, ularni sportga jalb etish maqsadida, sportning "Mini futbol" turidan musobaqa o‘tkazildi.
Sport musobaqasida so‘zga chiqqanlar, qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirib, musobaqa ishtirokchilariga sportning keksalar uchun ahamiyatini tushuntirib o‘tdi.
Musobaqa davomida, sportchilarimiz raqib jamoalar bilan o‘zaro keskin bellashuvlar olib bordi va musobaqa yakuni bilan "Аta makon" MFY I-o‘rinni, "Qorao‘zak" OFY II-o‘rinni va "Esim" MFY jamoalari III-o‘rinlarni egalladi.
G‘oliblar "Nuroniy" jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.




