Tomorqa yeridan 50 mln sof daromad.
2025-07-07 09:25:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda ishsiz fuqarolarimizning ko‘pchiligi tomorqa yeridan unumli foydalanib, bu borada katta natijalarni qo‘lga kiritib, yuqori hosil va daromad olgan insonlarning tajribasini o‘rganib, tomorqa yerlariga bozorbop ekinlarni ekib, xonadonlariga ixcham issiqxonalar qurib, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanib kelmoqda.
Tumandagi "S. Kamalov" OFYda yashovchi Po‘lat To‘legenov har yili tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanib, 34 sotix maydonga pomidor, bodring, karam, kartoshka, piyoz va yana boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi.
Bu texnologiyaning afzalliklari birinchidan suv isrof bo‘lmaydi va tomchilatib sug‘orish orqali ekinlarning ozuqasini suv orqali berish natijasida ikki baravargacha hosil olib, har yili oilamizga 50 mln dan ortiq sof daromad olish imkoniyati bor - deydi biz bilan suhbatda P. To‘legenov.
Qorao‘zak tumani hokimligi axborot xizmati.



