DEPUTAT NAZORATI.
2025-06-26 10:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi S.Imomova Yoshlar parlamenti a’zosi X.Utemartova, Xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari va partiya mas’ullari bilan birgalikda tumandagi 19-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, u yerda bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va tarbiyachilar bilan suhbatlashdi.
Shundan so‘ng, Qorao‘zak tumani hokimligida tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi Kadastr agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va boshqa mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbatlashdi.
Tadbirda "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va ularda qurilgan imoratlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida"gi qonunning ijrosi, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning bugungi kundagi holati va qurilish obyektlarida noqonuniy (rasmiy) tarzda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlari va mehnat xavfsizligi masalalari bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi. Shuningdek, shu kuni "Yoshlar daftari"ga kiritilgan Aytboy Begdullayevning ekin maydoniga borib, ishlari bilan tanishdi.
A. Begdullayev yerlardan samarali foydalanib, fermer tomonidan mevali bog‘, poliz ekinlari va boshqa sabzavotlar ekib, 10 nafar yoshning bandligi ta’minlangan.
Bunday amaliy tadbirlar hududlarda davom etmoqda.




