Tumanda bayram tadbiri tashkil etildi.
2025-12-24 18:55:00 / Yangiliklar

Bugun tumandagi fayzli joylardan birida "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan soha xodimlari va fermerlar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda tuman hokimi A. Baymuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining qo‘mita raisi Sh. O‘temisov va boshqalar, soha xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.
O‘tayotgan yil davomida fermerlarimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda mo‘l hosil yetishtirildi.
Shunday mehnatlar natijasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilib, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirilganligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, bir qator ilg‘or fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Fermerlar kengashining "Ilg‘or fermer" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



