To‘y marosimlarini ixchamlashtirish masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
2025-12-22 17:05:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumanida tantanali to‘ylar va boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirish, ularni milliy qadriyatlarimizga mos, soddalik va tejamkorlik asosida o‘tkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda to‘y-hashamlar, turli oilaviy marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, marosimlarni tartibli va ixcham tarzda o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda to‘y va marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish, yosh oilalarni moliyaviy bosimdan asrash, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari, ko‘cha oqsoqollari, xotin-qizlar faollari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati



