Qorao‘zak tumani hokimi yoshlar bilan uchrashdi.
2025-12-20 19:50:00 / Yangiliklar
Qorao‘zak tumani hokimi yoshlar bilan uchrashdi.

Bugun tuman hokimi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tumandagi faol yoshlar, ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan sport sohasini yanada takomillashtirish, xorijiy tillarni o‘rganishni chuqurlashtirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid muammo va takliflar bildirildi.
Tuman hokimi yoshlarning bu taklif-mulohazalarini diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarga ijobiy javob qaytarib, tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berdi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



