Qorao‘zak tumanida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
2025-11-08 09:50:00 / Yangiliklar

Qorao‘zak tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratovning ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini kuchaytirish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
B.Matmuratov o‘z nutqida korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’siri, davlat xizmatchilarining halollik tamoyillariga amal qilishi va har bir rahbarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi va qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar yetkazildi.
Qorao‘zak tumani hokimligining axborot xizmati.



