Mehnatkashlar manfaati - doimiy e’tiborda
2025-10-31 09:00:00 / Yangiliklar
Mehnatkashlar manfaati - doimiy e’tiborda

Qonliko‘l tumanida aholi turmush darajasini oshirish, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat munosabatlarini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.
Tuman hokimi B.Sultonov kasaba uyushmasi xodimlari bilan uchrashib, ishchi-xodimlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash va ishchi-xodimlar manfaatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtaldi.
Uchrashuvda bir qator soha faollariga tuman hokimligining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.





