Ishlab chiqarish ishlari o‘rganildi.
2025-10-24 19:40:00 / Yangiliklar

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish dolzarb masalalardan biri. Joylarda tadbirkorlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultаnov "EZOZA NAZIY" non va non mahsulotlari ishlab chiqarish xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonadagi ish jarayonlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat va turmush sharoitlari o‘rganildi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali korxonani yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Korxonani kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z nazoratiga oldi.



