Ariq-zovurlar betonlanmoqda.
2025-08-18 20:15:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumanida aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, suv ta’minoti va irrigatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tumandagi "Yangi shahar" QFY, "A.Begimov" va "Ferma qishlog‘i" aholi punktlari ichki ariq-zovurlarining eskirib botil bo‘lib qolishi aholi va shu hududdagi o‘nlab dehqon va fermerlar uchun suv yetkazib berishda muammoga aylangan edi.
Hozir ushbu "Bovon" arig‘i Qonliko‘l Suv yetkazib berish davlat muassasasi tomonidan betonlash ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi B.Sultonov bu ishlar bilan tanishib, maxsus texnika yordamida betonlash ishlariga yuqori baho berdi. Bu tadbir orqali suvni to‘g‘ri taqsimlash, isrofgarchilikning oldini olish va ekin maydonlariga sifatli suv yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ichki ariqlarni betonlash ishlari tufayli suv oqimining yo‘nalishi yaxshilanadi, suvdan tejamli foydalanish imkoniyati kengayadi va aholining sug‘orishdagi muammolari bartaraf etiladi.
Aholi va dehqonlar bu ishlardan mamnunligini bildirib, bunday tashabbuslar hududning iqtisodiy rivojiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligiga hissa bo‘lib hisoblanadi.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń Málimleme xızmeti



