#Media tadbir #Matbuot anjumani
2025-08-15 19:35:00 / Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yetti yo‘nalishidan kelib chiqib, Qonliko‘l tumani hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda "Media tur," "Ochiq suhbat" va boshqa tadbirlar asosida fuqarolar hayotini farovonlashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Qonliko‘l tumani hokimligi axborot xizmati va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamkorligida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim muassasalari xodimlari va tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiyada tuman hokimi o‘rinbosari R.Qalimbetov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi yil boshidan tumanda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qilingan va qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, tuman hududida xalqimiz o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida milliy o‘zligimizga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hayotda keng qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qonliko‘l tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi P.Jumamuratov va OAV vakillari mamlakatimizda diniy, siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotdagi rivojlanishlarga keng to‘xtaldi.
Yoshlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va yoshlarni yot illatlardan asrashda barchamiz mas’ul ekanimiz haqida fikr almashildi.
Tadbirda yutuq va kamchiliklar misollar bilan tushuntirilib ishlanishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.









