Yuzma-yuz va Zoom platformasi orqali.
2025-08-09 21:55:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultаnov tuman hududidagi xorijdagi yoshlarning murojaatlarini tinglash va muammolarini bartaraf etish maqsadida internet tarmog‘ida Zoom platformasi orqali yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda xorijda ishlayotgan va o‘qiyotgan bir qator yoshlar xorijda o‘rgangan kasbi bo‘yicha bandligini ta’minlash va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdi.
Tuman yoshlarining chet ellarda o‘rgangan kasbi bo‘yicha ishlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda ijtimoiy yordam so‘raganlar uchun ham yechimlari tushuntirilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Tuman hokimi va tuman muassasa, korxona tashkilot rahbarlari ham ushbu uchrashuvga Zoom orqali qatnashib barcha muammolar ijobiy yechim topishini bildirdi.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń Málimleme xızmeti
