"Jasorat maktablari"ga o‘quvchilarni qabul qilish
2025-07-17 18:10:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2025 yil 23 maydagi "Umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida "Jasorat maktablari" faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 27q/q, 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qonun talablariga muvofiq joriy yilning 17 iyul kuni Qonliko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Jasorat maktablari"ga o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazildi.
Jasorat darslarining maqsadi o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatni o‘tashda zarur bo‘ladigan dastlabki harbiy va ijodiy ko‘nikmalarni hosil qilish, ta’lim oluvchilarni "Temurbeklar maktabi," "Jaloliddin Manguberdi" nomidagi harbiy-akademik litseylar hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va tashkilotlarning oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun maqsadli tayyorlashdan iborat.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń Málimleme xızmeti




