Sizga doimiy ish o‘rni shu yerda
2025-07-05 13:00:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumani hokimligi tomonidan hozirgi kunda ko‘pchilikning asosiy murojaatiga aylangan ishsizlik, yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, shuningdek, yoshlarni homiylikka olib ish bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan bandlik masalasida fuqarolarda muammolar hali ko‘pchilikni tashkil etadi.
Tumandagi "LAN-C" MCHJ (boyan ildizi) qo‘shma korxonasi imkoniyatlari kengaymoqda. Shuni inobatga olib tuman mahalla faollari bilan hamkorlikda hududlardagi ishsiz yoshlar uchun korxonada uchrashuv va ish bilan tanishtirish tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimligi vakillari sharoitlar bilan tanishtirilib, ish qulayliklari haqida ma’lumotlar berdi.
"LAN-C" MCHJ (boyan ildizi) qo‘shma korxonasi boyan ildizini kesish ishiga 100 ishchi olishini ma’lum qildi.
Har bir kg kesilgan ildizga 700 so‘mdan,
Ish haqi 100% plastik,
10 km dan - 20 km masofadan ishga qatnovchilarga kelgan kuniga 10 000 so‘m yo‘l haqi,
20 km dan uzoqroq masofadan qatnovchilarga 15 000 so‘m yo‘l haqi kelgan kunida to‘lanishi tanishtirildi.
Korxonada bundan tashqari rag‘batlantirishlar, ish o‘rni ishlayotgan ishchilar harakatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbirga tumanning bir qator muassasa va korxona rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan ishsiz yoshlarni shu yerga olib borib ish bilan tanishtirdi.
Yoshlar ijobiy qaror qabul qilib, shu joyga ishga kelish niyatlarini bildirdi.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń Málimleme xızmeti
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/kanlikulnews








