11-sinf o‘quvchilarining Kasbiy ta’lim imtihonlari o‘tkazildi
2025-06-17 16:10:00 / Yangiliklar
11-sinf o‘quvchilarining Kasbiy ta’lim imtihonlari o‘tkazildi

Qonliko‘l tumani "Sari oltin" QFY hududidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilarining Kasb-hunar ta’limida olgan bilim va kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun yakuniy imtihon jarayoni bilan tuman hokimi B.Sultanov tanishib yoshlarning kasb-hunar o‘rganishdagi ishlari bilan tanishdi.
Amaliy imtihon jarayonini baholash uchun tegishli soha mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etdi. Har bir o‘quvchi tomonidan ishlab, ko‘rsatilgan ish baholovchi fan o‘qituvchilari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Bu tadbirlar yoshlarning bir kasb egasi bo‘lishiga asos bo‘ladi.





