Apparat majlisi
2025-05-27 12:50:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumanida tuman muassasa, korxona va tashkilot rahbarlari bilan tuman hokimi B.Sultаnov rahbarligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishi bugungi kunda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etib inson qadri uchun tamoyili asosida ishlarni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Xususan, respublika Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi, quyosh panelining ahamiyatini aholiga yanada keng targ‘ib qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan aniq yechimlar qabul qilindi.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń málimleme xızmeti.
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/kanlikulnews





