Sessiya majlisida
2025-05-27 12:15:00 / Yangiliklar

Sessiya majlisida
Qonliko‘l tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tuman muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi B.Sultonov boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab Qonliko‘l tumanida 2025-yil I-choragi davomida mahalliy byudjet parametrlarining bajarilishi va mahalliy byudjetning daromadlar rejasiga hamda xarajatlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Esbergenovning ma’ruzasi tinglandi.
- Shundan so‘ng sessiyada "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili" davlat dasturida belgilangan vazifalarning 2025-yil o‘tgan davrida amalga oshirilishi haqida Qonliko‘l tumani hokimining o‘rinbosari J.Jeksembiev,
- "Qoraqalpoq suv ta’minoti" MCHJ tuman bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan oylari davomida amalga oshirilgan ishlari haqida tuman bo‘limi boshlig‘i S.Xo‘jantayev ma’ruzalari tinglanib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada "Xalq deputatlari Qonliko‘l tumanlik Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va tarkibini shakllantirish to‘g‘risida"gi va "Xalq deputatlari Qonliko‘l tumanlik Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish,
- Shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i T.Muratbayevning, tumanida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va oldindagi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza deputatlar e’tiboriga havola etilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yig‘ilishi shu bilan yakunlandi.


