Aholi bilan oçiq muloqot izçil davom etmoqda
2026-11-21 08:40:00 / Yangiliklar

Qonliköl tumanida aholi murojaatlarini tinglaş, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida örganiş va ularni hal etiş yuzasidan sayyor qabul ötkazildi.
Sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari A.Allaniyazov iştirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladi.
Muloqot davomida aholining tibbiy yordam, bandlik, ijtimoiy kömak, bank kreditlari bilan boğliq masalalari hamda boşqa hayotiy murojaatlari körib çiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan tegişli mas’ullarga aniq topşiriqlar berilib, muammolarni amaliy hal etiş va fuqarolarga zarur kömak körsatiş çoralari belgilandi.
Sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyida örganiş, muammolarga tezkor yeçim topiş hamda fuqarolar bilan oçiq muloqotni yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.






