FUQAROLAR MUROJAATLARI - E’TIBORDA
2026-10-19 12:55:00 / Yangiliklar

Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultanov tomonidan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy bilan ta’minlash, ishsizlik, sog‘liqni tiklash va boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar bo‘yicha murojaat qildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish va inson manfaatlarini ta’minlash tuman hokimligi asosiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.



