Kutubxonaga sovg’a
2026-09-09 09:00:00 / Yangiliklar
Kutubxonaga sovg’a

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qonliko‘l tumani bo‘limi tomonidan tuman Axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chop etilgan "Yangilangan Qonliko‘l jamoli" nomli kitob sovg‘a qilindi.
Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy dunyoqarashi va bilimini yuksaltirish orqali mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit rivojiga hissa qo‘shish, xalqimizga mashhur ma’rifatparvar insonlarning tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlarini yosh avlodga yetkazish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani uchun kutubxona xodimlariga minnatdorlik bildirildi.


