MUROJAAT
2026-07-15 21:20:00 / Yangiliklar

Qonlikwl tumani qishloq xwjaligi bwlimi hamda tumann fermerlari kengashining qwshma
MUROJAATI
Hurmatli dehqon va fermerlar hamda agrar soha xodimlari!
Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, Siz fermer
va dehqonlar tomonidan tumanimiz bwyicha 4,6 ming gektar shundan, Shinjon usulida 1,2 ming gektar maydonlarda paxta parvarishlanmoqda.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi wta murakkab iqlim sharoitida kwplab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, ayniqsa bu yil iyul oyining har yilgidan kwra ikkinchi yarmi wta issiq kelayotganligi sababli suvchi, mexanizator hamda chekanka (chilpish) qiladigan dala ishchilariga ish haqqilarini wz vaqtida berib, paxtangizda agrotexnik tadbirlarni, jumladan, suǵorish, kultivaciya qilish va chikankani wz vaqtida tashkil etishni davr taqazo etmoqda.
Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi
va irrigatorlar, wz ishining haqiqiy ustasi bwlgan mexanizator
va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni kwradi va el-yurt dasturxonini twkin qilish ywlidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Murakkab ob-havo sharoitidan tortib, eng kerakli agrotexnik tadbirlarni qwllashgacha bwlgan jarayonlardan eson-omon wtish oson kechmaydi, albatta.
Eng muhimi, bu yil iyul oyining swngi wn besh kunligi va avgust oyining birinchi wn kunligi jazirama issiq kunida paxtaning hosilini olib qolib, tunu kun qilgan halol zahmatli xizmatlari mevasi naqadar totli ekanini hosil pishib etilib, wz vaqtida terib-yiǵib olinib, xirmonga twkilgan damda, asosiysi, belgilangan rejalar oshirib uddalanganidan keyingina anglab etadi.
Ana shundagina fermerning kwngli xotirjam bwladi. Buning uchun esa har bir fermer xwjaligi rahbari bugundan boshlab wz paxta dalasida “Dolzarb – 20 kun” elon qilishi lozim.
Himmati baland mirishkor fermerlar!
Iyul-avgust oylarida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati paxta hosildorligini oshirishda nihoyatda muhim. Negaki, hosilning ertagi, sifatli va mwl bwlishi ayni shu oydagi mehnat natijasi bilan wlchanadi. Zero, ǵwza agrotexnikasi talablarga muvofiq bajarilsa, rivoji tezlashib, kwsaklarga kwsak qwshiladi, erta pishib etiladi, hosilga baraka kiradi.
«Ǵwza pishmaydi» degan qarash notwǵri. Wzbekistonning qisqa vegetaciya sharoitida uning pishishini texnologik reja asosida boshqarish kerak. Yashil kwsak emas, pishgan, ochilgan va terib olingan paxta haqiqiy hosildir.
Yuqoridagidan kelib chiqib, paxtadan yuqori hosil olish uchun iyul-avgust oylarida yana biz fermerlar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarur bwlayotganligini hamda ortiqcha etishtirilgan har bir kilogramm paxta uchun qwshimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarni har qachongidan ham masuliyat bilan yondashib amalga oshiraylik!
birinchidan, barcha dehqonlarning wrni dalada bwlishi, ayniqsa suvchi, mexanizator, entomologlar wz ishiga wta jiddiy yondashmoǵi darkor;
ikkinchidan, buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda suvchilarga 1 mln 500 ming swmdan, mexanizatorlarga 1 mln swmdan hamda chikanka (chilpish) qiladigan dala ishchilarga gektariga 200 ming swmdan ish haqqi berilishini 10 kun muddatda yakunlang;
uchinchidan, wz dalangizda zarur shart-sharoitlar yaratib, jumladan issiq ovqatlarni doimiy ravishda tashkil qiling;
twrtinchidan, ǵwzani yana bir marta sharbat usulida qondirib suǵorish, buning uchun suvchilarga barcha shart-sharoit yarating, tungi suǵorishni ywlga qwyib, suǵorish ishlarini yakunlang. Bunda, suvdan twǵri, oqilona foydalaning, suǵorishda kwllatmasdan suǵorib, kam suv bilan tez-tez suǵorishni tashkil qiling, zovurga tashlamaslik choralarini kwrib suvni ortiqcha isrof qilinishiga ywl qwymang;
beshinchidan, zararkunanda hasharotlar – kwsak qurti, wrgimchakkana, beda qandalasi, qora shira xurujidan himoya qilishni kuchaytiring, uyǵunlashgan kurash choralarini keng qwllang;
oltinchidan, ǵwzaning gullash va kwsaklash davrida droja, aspirin hamda tarkibida bor kislotasi, temir, kalciy bwlgan mikrowǵitlardan foydalangan holda bargdan ishlov bering yoki tomchilatib suǵorish shlanglari orqali oziqlantiring;
Bunda, 250–300 g/ga bor kislotasi, 350–400 g/ga droja, 200–250 g/ga.dan aspirin hamda “Sila kremniy” va “Aminosid-Silikon” preparatlaridan foydalaning.
Ushbu preparatlar twliq suvda eritilib, eritma holida kunning salqin (kechki 19-00 dan keyin, ertalab 7-00 gacha) vaqtlarida barglarga bir tekis seping. Bor etishmovchiligi ham, ortiqchasi ham zararli-meyorni oshirmang;
ettinchidan, biologik stimulyatorlar bilan qwshimcha ishlov bering ǵwza rivoji kechki bwlgan dalalarda ham paxtani erta pishib etilishiga
va hosili barakali bwlishiga erishing;
sakkizinchidan, ǵwzaning hosil twplashi uchun sharoit yarating, ayniqsa xorijiy navlarni ekkan fermer xwjaliklari olimlar va tajribali mutaxassislar tavsiyalari asosida ish yuriting;
twqqizinchidan, zararkunandalarni ular ommaviy kwpayib ketgandan keyin emas, muntazam kuzatuv va profilaktika asosida boshqaring. Bt xususiyati bwlmagan navlarda twliq integraciyalashgan himoya tizimi (IPM), Bt navlarda esa IPM bilan birga maydonning 10–15 foizida Bt xususiyati bwlmagan himoya (refugiya, amaliyotda «Qochoq» deb ataluvchi) maydoni tashkil eting;
wninchidan, har bir suǵorishdan keyin tuproq etilishi bilan 1–2 marta mayin kultivaciya qiling. Buning uchun, kultivatorlarni “baliq sirti” qilib wrang hamda ertalab va kechki soatlarda kesak hosil qilmasdan mayin kultivaciya qilishni ywlga qwying.
Qator orasida kultivaciya shunday wtkazilishi kerakki, bunda, ǵwza tuplariga ziyon etkazmasin, kwsaklarni twkmasin, ǵwza poyalarini payxon qilmang;
Suǵorishdan keyin tuproqlarda yoriqlar (devor) paydo bwlgan bwlsa, engil suǵorib, keyin mayin kultivaciya qiling;
wn birinchidan, iyul-avgustda bajariladigan agrotexnik tadbirlarni yana bir nozik jihati shundaki, bu paytga kelib, ǵwza qator oralarida shwra, it uzum, qwy pechak, ǵumay, suv wti kabi begona wtlar ham kwpayadi.
Ǵwzadan baland bwlib, hasharotlarni wziga jalb etish bilan birga, turli zararli mikroorganizmlar kwpayib, pastki yarusdagi kwsaklarni chirishiga, makrosparioz va boshqa chirish kasalliklari kwpayishiga olib keladi hamda ǵwzaga berilgan wǵitni asosiy qismini wzlashtiradi.
Shu sababli har bir dala yana bir marta kwzdan kechirilib, begona wtlarni suvdan keyin qwlda yulib olish va barcha paykallar begona wtlardan tozalanishiga jiddiy etibor qarating;
wn ikkinchidan, rivojdan orqada qolgan maydonlarni aloxida nazoratga oling va qoloqlikdan chiqarish uchun qwshimcha agrotexnik tadbir kulang;
wn uchinchidan, 1 avgustdan boshlab, ǵwzaning holatidan kelib chiqib, Etefon (“qarish” gormoni) qwllang, bu ǵwzaning fiziologik pishish jarayoni jadallashtiradi hamda wsimlikning wsishi twxtatadi, kwsaklarni twliq etishtirishga erishib, har bir gektardan olinadigan paxta hosildorligini yanada oshiradi.
wn twrtinchidan, dalangizni har xil (plyonka, baklashka, plastik idishlar, qoǵoz wramlar va boshqa) chiqindilardan tozalang, dala chiqindilari kelajak avlod uchun, insonlar soǵligi uchun jiddiy xavfga aylanadi, befarq bwlmang!
Toza dala bezak emas – u tuproq unumdorligi, inson salomatligi va fermer obrwsidir, shuni unutmang! Ekologik toza dala - bu oziq-ovqat xavfsizligining kalitidir.
Paxtachilikda yuqori natijalarga erishishda avvalo, dehqon va fermerlar, paxta klasterlari hamda soha fidoiylari tomonidan tunu-kun qilingan mashaqqatli mehnat, shuningdek, puxta wylangan islohotlar va ilmiy yondashuvlar wzining munosib samarasini bermoqda.
Xabaringiz bor, keyingi yillarda qishloq xwjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng kwlamli islohotlarimizda asosiy etiborni suv va er resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xwjalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, dehqon
va fermerlarning oǵirini engil qilishga qaratilmoqda.
Aynan muhtaram Prezidentimizning 2026 yil 8 maydagi PF-82-sonli Farmoni bilan paxta xomashyosini etishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni bir qismini qoplab berish bwyicha bir qator imtiyozlar belgilangan. Jumladan:
paxta xomashyosini etishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xwjaliklarga ushbu kreditlar bwyicha twlangan foiz twlovining 2,5 foizlik punkti;
hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xwjaliklarga ushbu kreditlar bwyicha twlangan foiz twlovlarining 5 foizlik punkti;
qishloq xwjaligi subektlariga wz mablaǵlari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan etishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish bwyicha imtiyozlar belgilangan. Siz paxtadan yuqori hosildorlikka erishib ushbu imtiyozlardan foydalang!
Aziz fermer va dehqonlar!
Sizning har bir wlchovingiz, wz vaqtida qabul qilgan qaroringiz, erga, suvga va wsimlikka ehtiyotkor munosabatingiz mamlakatimiz paxtachiligining yangi natijasini yaratadi. Bilimni amaliyotga aylantirib, yuqori hosil, sifatli tola, barqaror daromad va ekologik toza dalalarni birgalikda shakllantiramiz.
Mazkur ishlarni shunday kwtarinki ruhda tashkil qilaylikki, qilingan mehnatimiz orqali hosilga hosil qwshib, yuqori natijalarga erishaylik. Barchangizni ushbu ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bwlishi uchun munosib hissangizni qwshishga hamda “Dolzarb 20 kun” mobaynida paxta dalalariga yanada ishlov berishda faol qatnashishga davat etamiz!
Qonlikwl tumani qishloq xwjaligi bwlimi hamda tuman fermerlari kengashi.
