"Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor profilaktik tadbirlar oyligi
2026-07-07 09:25:00 / Yangiliklar
"Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor profilaktik tadbirlar oyligi

Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1-sonli Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2026 yil 25 iyundagi maxsus farmoyishiga asosan respublikamiz bo‘ylab joriy yil 1 iyul sanasidan 1 avgust kunlari oralig‘ida "Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu asosda Qonliko‘l tumanida o‘tkazilgan tadbirda tuman keng jamoatchiligi, davlat tashkiloti rahbarlari va sohaga tegishli xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilganlarga tadbirning ahamiyati va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tushunchalar berildi.






