Qonliko‘lda bolalar uchun yangi savdo nuqtasi ish boshladi
2026-06-01 09:00:00 / Yangiliklar

1 iyun - Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Qonliko‘l tumanida yakka tartibdagi tadbirkor Miyrigul Kosvakova tomonidan "Qonliko‘l Kids" bolalar o‘yinchoqlari do‘konining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Ablamitova yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda bolalarning har tomonlama kamol topishi, ular uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab, ushbu do‘konning ishga tushirilishi aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va bolalarni xursand qilishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Tadbir ishtirokchilari yangi do‘kon faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorga kelgusi ishlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Bayramona ruhda o‘tgan ochilish marosimi bolalarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.




