Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultonov bozor xizmati faoliyati bilan tanishdi.
2026-05-31 16:10:00 / Yangiliklar
Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultonov bozor xizmati faoliyati bilan tanishdi.

Dehqon bozorida savdo xizmati, mahsulotlar sifati va narx-navo barqarorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholiga qulay sharoitlar yaratish, savdo joylarining ozodaligi va tartibini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mavsumga xos hosildorlik bozorda o‘z aksini topgan bo‘lib, yangi sabzavot va mevalar savdo rastalarini bezab turibdi. Tadbirkorlar va sotuvchilar, xaridorlar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, bozor infratuzilmasini yaxshilash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish va xaridorlar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.





