Deputat tomonidan o‘rganish ishlari
2026-05-28 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi G.Xalmuratova joylarda saylovchilar, tadbirkorlik subyektlari, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy soha vakillari bilan okrugdagi muammolarni o‘rganish reja-jadvaliga asosan Qonliko‘l tumanida bo‘ldi.
Dastlab deputat G.Xalmuratova tumandagi "Oltinko‘l" QFY hududi fuqarolari, yoshlar bilan uchrashib ularning fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Oltinko‘l hududi Qonliko‘l tumanidan eng olisda joylashgan hududlardan biri. Bu yerda shunga qaramay aholining rivojlanishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Hududdagi bir qator turli tibbiy xizmatlarga zarur jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar oilalariga ham tashrif buyurib yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbirda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlashning yangi mexanizmlari, o‘zini o‘zi band qilish orqali oila daromadini oshirish bo‘yicha hududlar kesimida o‘rganilib, amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.




