Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish - muhim vazifa
2026-05-05 19:50:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli salbiy illatlardan asrash eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, bayram tadbirlari arafasida bu masalaga yanada jiddiy e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Qonliko‘l tumani Yoshlar markazida tuman hokimi B.Sultonov, IIB boshlig‘i v.b B.Bulatov va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini yuqori darajada, madaniyatli va xavfsiz o‘tkazishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan jamoat tartibini saqlash, yoshlar o‘rtasida noxush holatlarning oldini olish, bayram kunlarini tartibli va mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, maktab direktorlariga o‘quvchi yoshlarning tinchligi va xavfsizligiga befarq bo‘lmaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.





